Bilasiz-mi? Shomurodov katta ustunlik qilmoqda
Rossiya Premer-Ligasining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu turda Tulaning "Arsenal" klubi mexmoni bo‘lgan "Rostov" jamoasi 2:3 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
Ortda qolgan 3 ta turdan so‘ng, hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘zining xujumchiga hos xarakterini namoyish etib kelmoqda va bu Rossiyada katta shov-shuvlarga va ommaviy axborot vositalarining tinimsiz Eldor haqida yozishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu qatorda Rossiyaning mashhur "kulichki.com" saytida 3-turning eng yaxshi futbolchisi borasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi bu so‘rovnomada Eldor katta ustunlik ko‘rsatmoqda. 7000 ga yaqin muxlislar o‘z nomzodlariga ovoz berishgan. Shundan 5600 tasi Eldorga tegishli bo‘lib turipti.
Eldordan so‘ng, ikkinchi o‘rinni "Zenit" posboni Andrey Lunev 470 ta ovoz bilan egallab turipti.
Eldor Shomurodovga navbatdagi uchrashuvlarda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Ma’lumot uchun, "Rostov" klubi Rossiya Premer-Ligasining 4-tur bahsini 3-avgust kuni mexmonda "Ural" klubiga qarshi o‘kazadi.

Fikrlar