
Bilasizmi? MYu EChL doirasida ispan klublariga qarshi safarda asosan durang o‘ynamoqda
Xabaringiz bor kecha “Manchester Yunayted” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida safarda Ispaniyaning “Sevilya” klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
E’tiborlisi, mankuanliklar EChL doirasida ispan klublariga qarshi safarda o‘tkazgan so‘nggi 7ta bahsning 5tasida durang natija qayd etishgan.
Eslatib o‘tamiz, MYu va “Sevilya” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 13 mart kuni “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar