Bilasizmi? Ronaldu "Arsenal"ga o‘tishi mumkin edi

  • 20 iyun, 2022, 19:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi sobiq murabbiyi Arsen Venger portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni “to‘pchilar” safiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

Tecno

- Biz Ronalduni Portugaliya terma jamoasi bilan yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionatidagi ishtiroki paytida payqab qoldik. Skautimiz uning o‘yinlarini tomosha qilishni taklif qildi. Shundan so‘ng agent Krishtianu bilan kechki ovqat borasida kelishib olganini aytdi. Biz u bilan ovqatlandik. Krishtianu odobli va yaxshi yigitdek tuyuldi. Hatto u menga o‘z libosini ham sovg‘a qildi.

Biz hamma narsani, shu jumladan maoshni ham muhokama qildik. Shundan so‘ng rahbariyatimiz unga o‘ylash uchun vaqt berishini va bosim o‘tkazmasligini aytdi. Ertasi kuni biz uning agenti bilan telefonda gaplashdik, biroq olti soatdan keyin “Manchester Yunayted” KriRoni sotib olganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi”, — deydi Venger.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!