
Bilasizmi? Sulsher - ketma-ket 2 ta o‘yinda ham Kloppga engilmagan APLdagi birinchi murabbiy
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher hamon "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp uchun mag‘lub etib bo‘lmas murabbiy bo‘lib qolmoqda.
Xabaringiz bor kecha APL ning 9-turida MYu o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. Bu norvegiyalik mutaxassis “qizil iblislar” boshqaruviga kelgandan buyon mersisaydliklar bilan qayd etilgan ketma-ket 2-durang bo‘ldi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Sulsher Klopp APLda ketma-ket 2 ta o‘yinda enga olmagan yagona murabbiyga aylandi.
Fikrlar