
Bir-biridan farq qilgan bo‘limlar yoxud "Sherlar" va "Burgutlar" to‘qnashuvi haqida
Superliganing 23-turini boshlab bergan “Paxtakor” – “Andijon” bellashuvida darvozalarga jami 4 ta gol urildi va unda mezbonlarning 3:1 hisobida qo‘li baland keldi.
Aslida o‘yin boshqacha natija bilan yakunlanishi ham mumkin edi. Gap shundaki, “Andijon” uchrashuvni faol va hujumkor ruhda boshladi. Shuning evaziga Vladimir Nazarov qo‘riqlayotgan darvoza oldida “Burgutlar” golli imkoniyatlarni yaratdilar. Ayniqsa, Rustam Turdimurodov va Abdurahmon Komilovda qulay vaziyatlar yuzaga kelgandi. Biroq omad yuz o‘girdi.
“Paxtakor” Ulug‘bek Hoshimovning golidan so‘ng hisobni ochgach, “Andijon” 20 daqiqa o‘tganidan keyin Bektemir Abdumannonovning goli bilan javob qaytardi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar safida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Natijada “Paxtakor” imkoniyatlarga ega bo‘la boshladi. Avvaliga Hojiakbar Alijonovning pasidan so‘ng Muhammadali O‘rinboev jamoasining ikkinchi golini kiritgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqaning oxirida zaxiradan maydonga tushgan Kimi Merk uchrashuvga nuqta qo‘ydi – 3:1.
Albatta, “Andijon” vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qildi. Lekin jamoaning hujumlari yakuniga etmay qoldi. Ba’zida esa omad yuz o‘girdi. Andijondan kelgan yuzlab muxlislar esa “Burgutlar”ni uchrashuv davomida qo‘llab-quvvatlab turdilar. Qolaversa, ikkala jamoa fan-klublari bir-biriga hurmat ko‘rsatgan holda raqib jamoalarni olqishlab qo‘ydilar. Bu ham muxlislik madaniyatining bir belgisidir.
“Paxtakor” – “Andijon” – 3:1 (1:1).
31 oktyabr. Toshkent. Jar stadioni. 2165 tomoshabin.
Hakamlar: Nikita Mustafin, Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Umidjorn Nutfulloev
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Xusan Xudoyberdiev
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Vladimir Nazarov
“Paxtakor”: Vladimir Nazarov, Abdulla Abdullaev, Mahmudjon Maxamadjonov, Muhammadrasul Abdumajidov, Abdurauf Bo‘riev, Sardor Sobirxo‘jaev (Bexruz Asqarov, 72), Dilshod Saitov (Xojiakbar Alijonov, 46), Doston Hamdamov (Doniyor Abdumannopov, 56), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Muhammadali O‘rinboev, 56), Ulug‘bek Hoshimov, Dragan Cheran (Kimi Merk, 81).
“Andijon”: Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abdulvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov (Ilhom Alijonov, 87), Farhod Bekmuratov, Sardor Azimov (Farhod Sohibjonov, 73), Damir Temirov (Ilhom Abdug‘aniev, 73), Muhammadkarim Toirov (Shaxrom Samiev, 87), Bektemir Abdumannonov (Lyubisha Petsel 87), Rustam Turdimurodov.
Gollar: Ulug‘bek Hoshimov, 15 – 1:0. Bektemir Abdumannonov, 35 – 1:1. Muhammadali O‘rinboev, 61 - 2:1. Kimi Merk, 90+4 – 3:1.
Ogohlantirishlar: Otabek Jo‘raqo‘ziev, 54 – Abdurahmon Komilov, 64.
Fikrlar