Bir daqiqa ham o‘ynamagan yulduzdan voz kechishmoqda

  • 06.02.2023 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan xayrlashadigan bo‘ldi.

Tajribali futbolchi yozda “Manchester Yunayted” safidan Turinga qaytgan edi. Biroq, hali “Yuventus” uchun bir daqiqa ham o‘ynamadi.

Pol Pogbani jarohat qiynamoqda.

Turik klubi mutasaddilar foydasi tegmayotgan qimmatbaho o‘yinchini transfer qilish yoki shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha ish boshladi.

Pol Pogba 2012-2016 yillar davomida “Yuventus” safida porlagan edi. Keyinchalik o‘zini tarbiyalagan “Manchester Yunayted”ga qaytib, Angliyada besh mavsum o‘ynadi.

Pogba 35 million evroga baholanmoqda.  Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!