
Birinchi marta Mbappe "Park de Prens"da gol urgan o‘yinda PSJ yutqazdi
Kecha Liga 1 doirasida PSJ o‘z uyida "Loryan"ni qabul qildi. O‘yinning 15 daqiqasidayoq mehmonlar hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Ashraf Hakimi hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Keyinchalik Mbappe gol urib, uchrashuvda muvozanatni tikladi. Biroq "Loryan" son ustunligidan foydalanib, yana ikki bor gol urdi. PSJ birinchi marta "Park des Princes"da Kilian Mbappe jamoa uchun gol urganida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, parijliklar omadsizlikka qaramay, 33-turdan keyin 75 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Ikkinchi o‘rindagi “Marsel” hisobida 70 ochko bor.
Fikrlar