Birinchi nazorat uchrashuvida “Nasaf” g‘alaba qozondi

  • 11 yanvar, 2017, 17:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Antaliyada qishki o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan”Nasaf” jamoasi bugun ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Aslida kecha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ushbu nazorat uchrashuvi, ob-havo noqulayligi tufayli bugunga qoldirilgan edi.

Jamoamizning raqibi Kipr mamlakatining  “Limassol” jamoasi bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda jamoamizning tajribali hujumchisi Shaxboz Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qoldi.

Shunday qilib, Antaliyadagi birinchi nazorat uchrashuvida jamoamiz g‘alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi. 11.01.2017.

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Limassol” (Kipr) 1:0

Gol: Shaxboz Erkinov, 55’-1:0

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, G‘olib G‘aybullaev, Igor Golban, Maqsud Karimov, Farruh Sayfiev, Dilshod Xushbakov, Sirojiddin Qo‘ziev, Dilshod Rahmatullaev, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboev, Shaxboz Erkinov

Zaxiradan maydonga tushganlar: Doniyor Narzullaev, Najmiddin Normurodov.

Jamoamizning shuningdek bugun yana bir nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Jamoamizning ikkinchi nazorat uchrashuvidagi raqibi Ozarbayjonning taniqli “Neftchi” jamoasi bo‘ladi.

"NASAF" FK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!