
Birmingemda engil atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi
Angliyaning Birmingem shahrida engil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada sayyoramizning eng kuchli atletlari ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlarida qator rekordlar ham qayd etilgan. Jumladan, erkaklar o‘rtasida 400 metrga o‘tkazilgan estafetada kutilmaganda Polsha jamoasi g‘alaba qozondi. Hayratlanarlisi, ular yangi jahon rekordi bilan zafar quchdi. Shu va boshqa natijalar tafsiloti:
Erkaklar
Langarcho‘pga tayanib sakrash.
1. Reno Lavileni (Frantsiya) – 5,90
2. Sem Kendriks (AQSh) – 5,85
3. Petr Lisek (Polsha) – 5,85
60 m to‘siqlar osha
1. Endryu Potstsi (Buyuk Britaniya) – 7,46
2. Djarret Iton (AQSh) – 7,47
3. Urel Mange (Frantsiya) – 7,54
Estafeta 4x400 m
1. Polsha – 3.01,77 – yopiq inshootlarda jahon rekordi
2. AQSh – 3.01,97
3. Belgiya – 3.02,51
1500 m
1. Samuel Tefera (Efiopiya) – 3.58,19
2. Marchin Levandovski (Polsha) – 3.58,39
4. Abdalaati Igider (Marokash) – 3.58,43
3000 m
1. Yomif Keyelcha (Efiopiya) – 8.14,41
2. Selemon Barega (Efiopiya) – 8.15,59
3. Betvel Birgen (Keniya) – 8.15,70
Ayollar
Uzunlikka sakrash
1. Ivana Shpanovich (Serbiya) – 6,96
2. Brittni Riz (AQSh) – 6,89
3. Mogenara Sostene (Germaniya) – 6,85
Estafeta 4x400 m
1. AQSh – 3.23,85
2. Polsha – 3.26,09
3. Buyuk Britaniya – 3.29,38
800 m
1. Fransina Niyonsaba (Burundi) – 1.58,31
2. Edji Uilson (AQSh) – 1.58,99
3. Shelayna Oskan-Klark (Buyuk Britaniya) – 1.59,81
Fikrlar