Bitta ham aniq zarba yo‘q! "Liverpul" taymni qanday o‘tkazdi?

  • 4 mart, 03:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Liverpul" bahsida parijliklar ustunlikni qo‘lga olishdi. Birinchi taymning o‘zidayoq jamoa bir nechta gol urishi mumkin edi, lekin Alisson ishonchli o‘ynamoqda. 

"Qizillar" o‘yin davomida hali bitta ham aniq zarba bera olishgani yo‘q. Parij klubi esa 12 ta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Enrike shogirdlari gol urishni ham eplashdi, lekin gol ofsayd sabab bekor qilindi. 

Image

Shu bilan birga, birinchi taymda yana bir vaziyat muhokama qilinmoqda. Birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Barkolyani Konate mana shunday to‘xtatdi. Hakam esa buni fol, deb topmadi. 

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!