Bitta shu o‘yinchini ham ololmaysizlarmi?
“Barselona” moliyaviy ahvoli tufayli Ferran Torres transferidan voz kechishi kutilmoqda. Xavi 21 yoshli hamyurtini “Manchester Siti”dan Kataloniyaga olib kelmoqchi.
Biroq, “shaharliklar” iste’dodli yarim himoyachi uchun 51 million funt talab qilmoqda va “Barsa” bu summani ko‘tara olmaydi.
Kataloniyaliklar Xosep Gvardiola jamoasidagi raqobatga dosh berolmayotgan futbolchini 38 million funtga transfer qilmoqchi bo‘layotgan edi. Lekin ularning taklifi inglizlarni qoniqtirmadi.
Ferran Torres bir yarim mavsum davomida “Manchester Siti” tarkibida 43 ta uchrashuvda qatnashib, to‘qqizta gol urdi va 12 ta golli pas uzatdi.
Torres terma jamoadagi joyini yo‘qotmasligi uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham u Manchesterni tark etishga tayyor.
Fikrlar