Biz buncha toʻlolmaymiz! "Bavariya" supertransferdan voz kechdi
«Bavariya» klubi PSJ hujumchisi Bredli Barkolaning «Liverpul»ga o‘tishi bo‘yicha vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Myunxen klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan va uning kelajak rejalari haqida bilish uchun u bilan bog‘lanishga urinagan. Bu haqida jurnalist Kristian Falk o‘z saytida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy yozda Barkolani sotib olish «Bavariya» uchun moliyaviy jihatdan juda qimmat tushadi. Shu bilan birga, «Liverpul» bu transferni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ga ega.
Ta’kidlanishicha, agar 23 yoshli futbolchi yana bir mavsum PSJda qolsa, nemis klubi keyinchalik uni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Vingerning amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari «Liverpul» Barkola transferi uchun 100 million funt (116,55 million yevro) to‘lashga tayyor ekani haqida xabar bergan edi.
O‘tgan mavsumda PSJ hujumchisi barcha musobaqalar doirasida 49 o‘yinda maydonga tushdi. U shu o‘yinlarda 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar