Bizga kel! Rodrigo ishsiz qolmaydigan bo‘ldi

  • 13.10.2025 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning braziliyalik universal hujumichisi Rodrigo Goes jamoani Xabi Alonso boshqarayotganidan beri asosiy tarkibga kirish uchun jiddiy kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga 24 yoshli futbolchiga da’vogar bo‘lgan klublarning safi ortib bormoqda.

Taniqli jurnalist Ekrem Konur yozgi transferlar oynasi davrida qit’aning bir necha qudratli klublari Rodrigoga og‘iz solganini ta’kidladi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” yozda hujumchini so‘rab, “Real”ga murojaat qilgan. Biroq “Qirollik klubi” rahbariyati muzokaralardan bosh tortgan. Shuningdek, “Pari Sen-Jermen”, “Manchester Siti” hamda “Chelsi” o‘yinchi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda..

Garchi Rodrigo sekin-asta Xabi Alonsoning ishonchniq qozonayotgan bo‘lsa-da, yuqorida nomi keltirilgan klublar uni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytgani yo‘q va imkon bo‘lishi bilan muzokaralarga tayyor ekanini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!