
Bizga qaysar Pogbadan mana shu futbolchi ma’qul!
“Qirollik klub” rahbarlari “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani olish fikridan qaytdi va e’tiborini boshqa futbolchiga qaratadigan bo‘ldi.
Bunga Pogba transferining murakkabligi asosiy sabab bo‘ldi. Shu bois, madridliklar “Monako” yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini xarid qilmoqchi. Bu yarim himoyachining transferi “real”ga 50 million evroga tushadi.
Madridliklar Pol Pogbani yozda erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritmoqchi edi. Biroq, Pogbaning maoshi nihoyatda katta va hozirgi sharoitda “Real”dek klubga ham og‘irlik qilishi mumkin.
Qolaversa, “Real”ning asosiy nishoni Kilian Mbappe hisoblanadi. Yosh hujumchini ko‘ndirish uchun ham madridliklar anchagina xarajat qilishlari talab etiladi.
Fikrlar