
Blatter: JCh - tajribalar uchun joy emas!
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter jahon chempionatida videotakrorlarni (VAR) sinab ko‘rish haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘ylashimcha, futbol bo‘yicha jahon chempionati tajribalar yoki sinovlar uchun joy emas. Men VAR tizimini mundialda sinovdan o‘tkazishga qarshiman!, - deya Blatter o‘z tvitterida yozib qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Futbol assotsiatsiyalarning Xalqaro kengashi (IFAB) shanba kuni videotakrorlar tizimi bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Fikrlar