
BMW turnirini larzaga solgan tennischi kim?
Germaniyaning Myunxen shahrida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha "BMW Open - 2017" turniri finalchilari aniqlandi.
Mukofot jamg‘armasi 524 867 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada kutilmagan natija qayd etildi. G‘olibga BMW avtomobili beriladigan musobaqani saralashdan boshlagan argentinalik Gido Pelya haqiqiy kashfiyot bo‘ldi.
U finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda germaniyalik Sedrik-Marsel Shtebe, italiyalik Fabio Fonini, argentinalik Orasio Sebalos va Janubiy Koreya vakili Chxun Xyon ustidan zafar quchdi.
Endi Gido bosh sovrin uchun mezbonlar vakili Aleksandr Zverev bilan raqobatlashadi. Argentinalik tennischi bungacha ATR tasnifidagi birorta turnirda g‘olib chiqmagan.
Fikrlar