
Boateng faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Yozgi transferlar oynasida "Lion" bilan xayrlashgan va erkin agentga aylangan germaniyalik himoyachi Jerom Boateng Italiya klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "Salernitana" 35 yoshli futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Transferlar oynasining so‘nggi kunida salernoliklar himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga faol harakat qilyapti. Ammo hali tomonlar kelishuvga erishgani yo‘q.
Boateng yozda "Bavariya" bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi va jamoa u bilan shartnoma imzolashi mumkinligi borasida mish-mishlar chiqqandi. Ammo bunday bo‘lmadi. Shuningdek, unga Germaniyaning boshqa bir klubi "Xaydenxaym" ham qiziqish bildirgan.
"Salernitana" ayni payt Italiya A Seriyasi turnir jadvalining 20-o‘rinini band qilib turibdi. Jamoa hozirgacha atigi 2 marta g‘alaba qozongan. Shu bilan birga, ketma-ket 5 ta matchdan beri faqat mag‘lubiyatga uchramoqda.
Fikrlar