Bobur Tagiev frantsiyalik muaytaychiga qarshi jang qildi

BAAning Dubay shahrida professional muaytay bo‘yicha o‘ziga xos ajoyib jang kechasi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, mazkur turnirda uch nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazdi. 

 “UAE Muaythai” promousheni tomonidan tashkil qilingan  “Muyathai Night 6” turnirining ikkinchi markaziy jangida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Bobur Tagiev frantsiyalik Valentin Tibautga qarshi bahs yuritdi va butun raundlar mobaynida ajoyib harakat qilib, haqli tarzda g‘alabaga erishdi. 

Shuningdek,i54 kg vazn toifasida Aslamjon Ortiqov britaniyalik Joshua Xogelni mag‘lub etgan bo‘lsa, 63 kg vaznda Sheroz Xolmirzaev mezbonlar vakili Nuredin Samirga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!