
Boks: Abdumalik Xalakov “Gubernator kubogi”da moldovalik bokschiga qarshi jang qildi
Boks bo‘yicha “Gubernator kubogi”i yarim final bosqichining navbatdagi janglari -60 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda Abdumalik Xalakov moldovalik charmqo‘lqop ustasi Dorin Buksha bilan final bosqichiga chiqish uchun bahs yuritdi.
Barcha raundlar mobaynida yaqqol ustunlikka erishgan Xalakov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Final jangida yurtdoshimiz mezbonlar vakili Albert Batirgazievga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mazkur jangda ham hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar