Boks: AIBA Jahon kubogi turnirini tashkil etmoqchi...U qay tarzda o‘tadi?

  • 5 noyabr, 2019, 14:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xalqaro havaskor boks uyushmasi (AIBA) Jahon kubogini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi, AIBA ijroiya qo‘mitasi a’zosi Umar Kremlyov. Shuningdek, u Rossiya ushbu turnirni 2020 yilda o‘tkazmoqchi ekanligini ta’kidladi.

"Bilishimcha, AIBA Jahon kubogini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Jahon kubogi jamoaviy musobaqaga aylanadi. Agar, AIBA ning bu g‘oyasi amalga oshsa, unda biz 2020 yilda musobaqani o‘tkazish huquqini olishga harakat qilamiz. Shuningdek, turnir mamlakatimizning bir nechta mintaqalarida bo‘lib o‘tadi va biz allaqachon final uchun joyni tanlalamoqdamiz”,- deya RIA Novosti Kremlyovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Rossiya joriy yilda erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini Ekaterinburgda, ayollar bo‘yicha Ulan-Ude shahrida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!