Boks bo‘yicha O‘zbekiston va Eron terma jamoalari qo‘shma o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarni boshladi (video)

  • 4 aprel, 2022, 19:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO
1-10 aprel kunlari Yangiobod sport bazasida O‘zbekiston va Eron boks terma jamoalari qo‘shma o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi. Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Alireza Esteki 13 nafar bokschilar bilan xalqaro yig‘in uchun etib kelgan. Jamoa tarkibida jahon chempionati medalini qo‘lga kiritgan eronlik ilk bokschi Daniyal Shahbaxsh, Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Seed Mousavi ham o‘rin olgan. O‘zbekiston esa ushbu yig‘inga turli 70 nafar bokschini jalb qilgan. Ushbu yig‘in har ikkala jamoa uchun Osiyo o‘yinlari oldidan muhim tayyorgarlik bosqichini o‘tab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
04/04/2022 20:55
Оллоҳга шукурлар бўлсин, ҳеч бўлмаса ўзбек боксчисига қарши рингга чиқасан деса рақиблар ўйланиб қолади. Боксёрларимизга минг раҳмат!