Bonuchchi: "Bastoni "Barselona"da o'ynay olishi mumkin"

  • 21.04.2026 17:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya terma jamoasi va Turinning "Yuventus" klubining sobiq futbolchisi Leonardo Bonuchchi "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona" uslubiga mos tushishini ta’kidladi.

"Bastonining fazilatlari "ko‘k-anorranglilar" uslubiga to‘liq mos keladi. U texnik jihatdan kuchli, maydonni ajoyib ko‘ra oladigan futbolchi. U yana 6–7 yil davomida yuqori darajada o‘ynay oladi", — dedi Bonuchchi "Sportmediaset" nashriga bergan izohida.

Alessandro Bastoni in action during the Serie A match between Como 1907 and FC Internazionale at Giuseppe Sinigaglia Stadium in Como, Italy, on April...

Bastoni 2017 yil avgust oyidan buyon "Inter" safida harakat qilib kelmoqda. 27 yoshli himoyachi bilan klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar davom etadi. Uning bozor qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 70 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!