
Bonuchchi: "Messi yoki Ronaldu menga qarshi o‘ynagan eng qiyin raqib emas"
"Yuventus" sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘ziga qarshi o‘ynagan eng qiyin bo‘lgan raqibini aytdi.
"Messi, Ronaldu? Yo‘q, bu futbolchi Sapata. Bu dahshatli tush edi. U "Atalanta"da bo‘lganida va men unga qarshi o‘ynashim kerak bo‘lganida, bu uyqusiz tunlar edi", - dedi italiyalik futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, italiyalik himoyachi hozirda Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida to‘p tepmoqda.
Fikrlar