
"Borussiya" Dortmund to‘purari "Bavariya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Pako Alkaser Bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda jamoa ustozi Lyusen Favr aytib o‘tdi.
“Ayni paytda bu haqda biron nima deyish qiyin. Unda kichik jarohat bor, ammo unda ushbu bahsda ishtirok etish imkoni mavjud. Bu boradagi aniq javobni ertaga olamiz”, - deydi Favr.
Ma’lumot uchun, Alkaser joriy mavsum 21ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 16ta gol urishga erishdi. “Borussiya” Dortmund esa 63 ochko bilan Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” – “Borussiya D” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
Fikrlar