"Borussiya" yangi to‘purar topdi

  • 11.12.2021 15:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Borussiya” rahbariyati jamoani tark etishi kutilayotgan Erling Xoland o‘rniga yangi hujumchi qidirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozircha dortmundliklarga “Benfika” vakili Darvin Nunesning nomzodi ma’qul kelib turibdi.

Nunes Portugaliya chempionatida ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda. Lissabonliklar safiga o‘tgan mavsum qo‘shilgan urugvaylik hujumchi 29 ta uchrashuvda oltita gol urgandi. Bu mavsum uning ishtahasi ochilib ketdi.

22 yoshli hujumchi milliy chempionat o‘yinlarida o‘nta bahsda raqiblar darvozasini sakkiz bor ishg‘ol qildi.

“Benfika” hujumchisining transfer summasi 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!