
“Borussiya”da yangi yulduz. U Jeydon Sanchodan zo‘r ekan
Dortmundning “Borussiya” yosh iste’dod egalari topib, ularni tarbiyalab, katta mablag‘ evaziga sotishi bilan mashhur. Dortmundliklar Niderlandiyadan topilgan vunderkindni ham xuddi ana shu maqsadda olib kelmoqda.
Hozir Niderlandiya chempionatining kamtargina NEK klubida hujumkor futbolchi Antoni Musaba o‘zini ko‘rsata boshladi. 19 yoshli vinger ikkinchi jamoada 25 ta o‘yinda 7 ta gol urishga erishdi.
“Borussiya” Musabani grand klublardan taklif olayotgan va yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Jeydon Sancho va Yulian Brande pozitsiyasiga tayyorlamoqchi.
Fikrlar