Boxing Day: "Manchester Siti" yirik hisobda "Xall Siti"ni engdi

  • 27 dekabr, 2016, 08:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya chempionati 18-turida "Manchester Siti" jamoasi safarda "Xall Siti" mehmoni bo‘ldi. 

Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o‘yinda "shaharliklar" 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 

Dastlabki gol 72-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Yaya Ture penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 6 daqiqadan keyin Ixeanacho hisobni oshirdi. O‘yin yakunida Devis o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, "Manchester Siti"ning yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. 

Xall – Manchester Siti 0:3 (0:0, 0:3)

Gollar: 0:1 – 72, penalti Ture, 0:2 – 78 Ixeanacho, 0:3 – 90, avtogol Devis.

Xall – Marshall, Maguayr, Douson, Devis, Al-Muxammadi, Livermor (Xenriksen, 74), Xaddlstoun (Meyson, 63), Klukas (Diomande, 78), Robertson, Snodgrass, Mbokani.

Manchester Siti – Bravo, Sanya, Otamendi, Stounz (Kolarov, 18), Klishi, Fernandino, Ture, Sterling, Silva (Fernando, 87), Nolito (Ixeanacho, 57), de Bryuyne.

Ogohlantirish: Meyson (82).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!