"Brayton" APLda rekord o‘rnatdi
"Brayton" Angliya premer-ligasi 3-turida o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ga (2:3) imkoniyatni boy berdi.
E’tiborlisi, o‘yin davomida “Brayton” futbolchilarining yo‘llagan 5 ta zarbasi raqib darvozasi ustuni va to‘siniga tegdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, shu kungacha hech bir klub premer-liganing bitta bahsida bu qadar ko‘p marta darvoza to‘sini yoki ustunini nishonga olmagan.

Fikrlar