"Brayton" "Chelsi" voz kechgan futbolchini sotib olmoqchi

  • 14 avgust, 2023, 00:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lids" yarim himoyachisi Taylor Adams APLga qaytishga umid qilmoqda. Avvalroq, uni "Chelsi" sotib olishga juda yaqin kelgandi. Ammo "aristokratlar" bu transferdan voz kechdi. Hozirda ayrim klublar yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. 

Tecno

"Indepedent" nashri xabar berishicha, Adamsga "Brayton" qiziqish bildirmoqda. Klubni tark etishi kutilayotgan Moyzes Kaysedoga o‘rinbosar kerak bo‘ladi. Shuningdek, variantlar orasida "Ayaks"dan Muhammad Qudus ham bor.

Ma’lumot uchun, Taylorning tovon puli 25 million funt. Agarda ushbu pulni kimdir to‘lasa, "Lids" uni qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!