Braziliya terma jamoasi futbolchisiga 3 grand klub da'vogarlik qilyapti
Braziliya terma jamoasi va "Yuventus" klubi markaziy himoyachisi Gleyson Bremer bir nechta klub radariga tushdi.
Xabarlarga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi markaziy himoyachisi Gleyson Bremer faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishi mumkin. Manbaga ko‘ra, braziliyalik himoyachining xizmatlariga, Londonning "Chelsi" Myunxenning "Bavariya" va APLning amaldagi chempioni "Liverpul" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Yuventus" o‘z yulduzi uchun kamida 70 million yevro talab qilmoqda. Biroq, Bremerning o‘zi italyan klubida baxtli va uni sotib olish oson bo‘lmaydi. Futbolchining "keksa sinora" bila amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 35 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar