Braziliya terma jamoasi himoyachisi jarohat sababli "JCh-2026"ni o‘tkazib yuboradi
"Roma" va Braziliya milliy terma jamoasi himoyachisi Uesli jarohat sababli Jahon chempionatida ishtirok eta olmadi.
Jurnalist Renan Mouraning Braziliya futbol konfederatsiyasiga tayanib xabar berishicha, futbolchi Misrga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:1) jarohat olgan.
Tekshiruvlar natijasida Ueslining chap son qismidagi mushaklaridan biri shikastlangani maʼlum boʻldi.
Uning oʻrniga terma jamoa qaydnomasiga "Atalanta" yarim himoyachisi Ederson kiritiladi. U milliy jamoa yigʻiniga 8 iyun kuni qoʻshiladi.
Eslatib oʻtamiz, "pentakampionlar" mundialning "C" guruhidan oʻrin olgan boʻlib, Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoa turnirdagi ilk uchrashuvini 14 iyun kuni Marokashga qarshi oʻtkazadi.

Fikrlar