Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi faoliyatini yakunladi
Lissabonning “Benfika” klubi forvardi Jonas butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Ta’kidlash kerakki, 35 yoshli braziliyalik futbolchi “Benfika” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida u 132ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 110ta gol urishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Jonas shuningdek “Valensiya” safida ham to‘p surgan. Braziliya terma jamoasida esa 12ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar