Braziliya terma jamoasiga top murabbiylardan biri kelishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga 4 nafar nomzod ko‘rib chiqilmoqda. 

"Cadena SER" nashrining xabariga ko‘ra, Karlo Anchelotti, Joze Mourino, Zayniddin Zidan va Luis Enrikedan biri Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Avvalroq, ushbu ro‘yxatda Pep Gvardiola va Yurgen Klopp nomzodi ham bor edi, ammo endi bu mutaxassislar Braziliya futbol konfederatsiyasi rejalariga kirmayapti. 

Anchelotti ayni damda "Real"da ishlamoqda, Mourino esa "Roma"da. Zidan hozircha ishga qaytmoqchi emas. Bularning barchasini hisobga olsak, ushbu lavozimga eng munosib nomzod sifatida Luis Enrike mos tushadi. 

BFK prezidenti Ednaldo Rodrigesning fikricha, terma jamoaga xorijlik murabbiy kelishi kerak. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!