Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

  • 8 oktabr, 2019, 19:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mishel Bastos faoliyatini yakunladi.

Tecno

"Professional futbol men uchun qanchalik muhim ekanligini aytish uchun menda so‘z yo‘q. Ammo faoliyatimni tugatish vaqti etib keldi.

Men kichkinaligimda otam qanday futbol o‘ynashini ko‘rardim va u kabi futbol o‘ynashni orzu qilardim.

Ammo men tasavvur qilganimdan ham uzoqroqqa chiqishga muvaffaq bo‘ldim," - deb yozdi Bastos o‘zining "Instagram" sahifasida.

36 yoshli futbolchi o‘zining "Lion", "Lill", "Roma" va "Shalke" klublaridagi faoliyati bilan mashxurlikka erishgan. U Braziliyada "Gremio", "San Paulu", "Resifi" va "Palmeyras" klublarida to‘p surgan.
Bastosning so‘nggi klubi ikkinchi divizionning "Amerika Mineyro" klubi bo‘ldi.
Braziliya terma jamoasi safida 10 ta bahsni o‘tkazgan va 1 ta gol ham urishga erishgan. Terma jamoa bilan birga JCh-2010 da ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!