Braziliyadagi futbol uchrashuvi mushtlashuv bilan tugadi
Braziliya chempionatining "S" seriyasida "Gama" va "Brazilense" o‘rtasidagi uchrashuv futbolchilar, murabbiylar va muxlislarning o‘zaro mushtlashuvi tufayli oxiriga etmay qoldi.
Uchrashuv 1:1 hisobi bilan davom etayotgan edi. 89-daqiqada ikki tomon futbolchilari murabbiylar shtabi bilan janjallasha boshladi. Dahanaki jang mushtlashuvga o‘tib ketdi. Janjalga qiziqqon muxlislar ham qo‘shildi.
Uchrashuv hakami Almir Kamargo 89-daqiqada o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Politsiya xodimlari janjalni to‘xtatish uchun ko‘zni achishtiruchi gazni ishga solishga majbur bo‘ldi.
SPORTS.uz

Fikrlar