Braziliyalik futbolchi Fayzullaevning imkoniyatlariga baho berdi!

  • 7 iyul, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi paytda Rossiya Premer-ligasida porlayotgan qaysi futbolchilar Evropaning kuchli ligalarida o‘ynab keta olishi masalasi ko‘p ko‘tariladigan bo‘lib qoldi. 

Tecno

Yaqin kelajakda “ko‘hna qit’a”ga yo‘l olishi kutilayotgan charm to‘p ustalari orasida TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning ham nomi keltirilmoqda. So‘nggi yarim yil ichida 20 yoshli futbolchimizga Germaniyaning “Bavariya”, Italiyaning “Parma” va Ispaniyaning “Vilyarreal” kabi klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.

TsSKAning braziliyalik himoyachisi Villian Rosha jamoadoshlari – Abbosbek Fayzullaev va Fyodor Chalovga Evropaning kuchli ligalaridan qiziqish bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

- Abbosbek Fayzullaev va Fyodor Chalov Evropaning top-klublarida o‘ynab keta oladimi? TsSKAning barcha futbolchilarida Evropada o‘ynash uchun etarli darajada salohiyat bor. Chunki TsSKAda o‘ynash uchun etarli darajada mahoratga ega futbolchi bo‘lish kerak.

Agar sen bu jamoada o‘ynayotgan bo‘lsang, demak sifatli o‘yinchisa va shu bois, Evropa yoki boshqa chempionatlarda faoliyat yuritish uchun o‘yiningni xotirjam rivojlantirib borishing mumkin, - dedi Villian Rosha.

29 yoshli Villian Rosha Braziliyaning mashhur klublari – “Flamengo” va “Gremio” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy himoyachi Evropaga 2017 yili ko‘chib kelib, besh yil Portugaliyadan faoliyat yuritgan.

TsSKA 2022 yilning kuzida jismonan baquvvat himoyachini 2 million evroga transfer qilgan edi. Shundan buyon markaziy himoyachi Premer-ligada 46 ta o‘yinda oltita gol va ikkita assist qayd etdi. Rossiya kubogida 21 ta uchrashuvda bitta gol va bir juft assist muallifi bo‘ldi.

Bugungi kunda Villian Rosha Rossiya chempionatining eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri sifatida tan olinmoqda.

Abbosbek Fayzullaev esa, TsSKAga Roshadan bir yil keyin kelgan. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Toshkent jamoasi safida 2021-2023 yillar davomida jami 41 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga o‘nta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.

2023 yilning avgustida 500 ming evro evaziga TsSKAga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev qisqa fursatda TsSKAning etakchi o‘yinchisiga aylandi. Yakunlangan mavsumda TsSKAning aksariyat hujumlari aynan 20 yoshli futbolchimiz ishtirokida tashkil etildi.

Legionerimiz Rossiyadagi debyut mavsumida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Abbos o‘z hisobiga beshta gol va 14 ta assist rasmiylashtirdi.

Fayzullaevning hujum chizig‘idagi sherigi Fyodor Chalov esa. TsSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli markaziy hujumchi  “armiyachilar” safida 261 ta uchrashuvda  89 ta gol va 44 ta assist muallifi bo‘lgan.

Chalov 2022 yili bir mavsum Shveytsariyaning “Bazel” klubida o‘ynab keldi. 14 ta uchrashuvda to‘rtta gol urgan hujumchining Evropaga birinchi yurishi muvaffaqiyat keltirmadi. Biroq shunga qaramay, bugungi kunda Chalovga ham Evropaning bir necha klublaridan qiziqish bo‘layotgani aytilmoqda.

Xaridor Shomurodovni olish bo‘yicha aniq reja tuzib qo‘ydi

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?
Fayzullaev qo‘ldan chiqyapti yoxud Abbosbek va “Vilyarreal” masalasiga Italiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!