Breaking! "Galatasaroy" Morata bilan muzokaralarni boshladi

  • 30 yanvar, 19:47
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ushbu yozda "Atletiko"dan "Milan"ga ko‘chib o‘tgan Alvaro Morata faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, hujumchi va istanbulliklar o‘rtasida muzokaralar boshlangan. Ikkala tomon ham transferni tezroq amalga oshirmoqchi. 

Morata faoliyati davomida Ispaniya, Angliya, Italiya kabi mamlakatlarda to‘p tepdi va endi Turkiya tomon yo‘l olmoqda. Mazkur mavsum "Milan" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta golda ishtirok etgan 32 yoshli ispanning "Galatasaroy"ga o‘tishi kutilmagan transferlardan biridir. 

Turkiya klubining hujum chizig‘i ancha kuchli hisoblanadi. Jamoada Viktor Osimxen, Mauro Ikardi, Michi Batshuayi kabi straykerlar harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!