Breaking! Kurtua yana jarohat oldi

  • 19 mart, 2024, 21:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshlanmasidan oldin jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Tibo Kurtua tez orada maydonga qaytishi mumkin edi. U jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgandi. 

"Marca" jurnalisti Xose Feliks Diasning so‘zlariga ko‘ra, belgiyalik posbon bugungi mashg‘ulotlarni ko‘z yosh bilan tark etdi. Sababi, u o‘ng tizzasidan jarohat olgan. Buni klub rasmiy sahifasi orqali ham tasdiqladi. Kurtuaning davolanishi uchun 2 oy kerakligi borasida Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

Aynan Tiboning lazaretda ekanligini hisobga olgan holda madridliklar "Chelsi"dan Kepani ijaraga olgandi. Ammo ispaniyalik darvozabon asosiy tarkib uchun kurashda Andrey Luninga yutqazib qo‘ydi. Keyingi oylarda bo‘lib o‘tadigan muhim o‘yinlar ukrainalik futbolchining kelajagini belgilab beradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!