
Breaking: Shomurodov "Roma"ga o‘tdi!
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Roma" Eldor Shomurodovning transferini hal etdi.
Rimliklar O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan ma’lum miqdorda pul ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor "Rostov"dan "Jenoa"ga 7,5 million evro evaziga o‘tgan edi. Ortda qolgan mavsumda u 32 o‘yinda 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.
Fikrlar