Breytueyt kuchsiz jamoalarga o‘tishni istamayapti
"Barselona" futbolchisi Martin Breytueyt "Barselona"dan ketishga qarshi emas. U faqat bir shart bilan jamoadan ketishga rozilik bildiradi.
"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, hujumchi Angliya yoki Ispaniyaning nomdor jamoalariga o‘tishni istamoqda. U kuchsiz klublar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.
Agar takliflar Martinga ma’qul kelmasa, u katalon jamoasida qolishini ma’lum qilgan. Biroq hozirda Breytueytga hech qanday takliflar kelib tushmagan.
Ma’lumot o‘rnida, daniyalik iqtidor egasining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil 30 iyunda yakuniga etadi.

Fikrlar