
Britaniyalik bokschi Krishtianu Ronaldu bilan jang qilmoqchi
Britaniyalik sobiq bokschi va "Manchester Siti" muxlisi Riki Xatton orzusidagi raqibi haqidagi savolga javob berdi.
“Ehtimol, Krishtianu Ronalduni aytarman. Men hech qachon Krishtianu bilan uchrashmaganman. Menimcha, u yaxshi yigit, “Manchester Yunayted”da ajoyib o‘yinlar namoyish etgan. To‘g‘risi, u bilan jang qilishni xohlayman" – deb Xattonning so‘zlarini keltirdi "Goal.com".
Ma’lumot uchun, portugaliyak futbolchi "Manchester Yunayted" da 2003-2009 va 2021-2022 yillarda to‘p tepgan. U “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 346 ta o‘yinda qatnashib, 145 ta gol va 64 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar