
Bruney U17 jamoasi bosh murabbiyi: Har ikkala raqibimizni ham kuchli hisoblaymiz
Bruney o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Admirulrizal B Arbi Osiyo kubogi saralash bosqichi o‘yinlaridan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi:
Saralash bosqichi haqida
— Har ikkala jamoa juda ham kuchli hisoblanadi. Bizning jamoa ularga etarlicha raqobat ko‘rsata olishiga ishonaman. Biz musobaqaga bor e’tiborimizni qaratganmiz. Shri Lankani musobaqada qatnashmasligi bizga hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Raqib jamoalarning kuchli tomonlari va tashkilotchilik haqida
— Har ikkala raqibimizni ham kuchli hisoblaymiz. Ularni etarlicha o‘rganib chiqa oldik. Tashkilotchilik masalasida barchasi joyida. O‘zbekistonga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Fikrlar