Bu futbolchi Messidan o‘zib ketdi

  • 20 aprel, 2023, 20:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne mavsum davomida golli uzatmalar bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi.

Tecno

Balgiyalik futbolchi Evropa Chempionlar ligasi chorak finalida “Bavariya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 57-daqiqasida Erling Xolandning goliga assistentlik qildi.  

Shu tariqa, Kevin de Bryuynening joriy mavsumdagi assistlari soni 23 taga etdi. U Angliya Premer-ligasida 15 ta, Chempionlar ligasida 4 ta, Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogida ikkitadan golli pas uzatgan.

Bungacha Kevin de Bryuynening bir mavsumda golli pas berishi shaxsiy rekordi 2020 yili qayd etilgan bo‘lib, 22 ta assistdan iborat edi.

Shuningdek, 31 yoshli belgiyalik pleymeyker kuchli beshlik chempionatlarining eng zo‘r assistenti bo‘lib turibdi. Kevin bu borada 18 ta golli pas uzatgan PSJ hujumchisi Lionel Messidan o‘zib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!