Bu futbolchini "Barsa" ko‘zlayotgan edi...
"Marsel" o‘zining rasmiy sayti orqali hujumchi Sedrik Bakambu bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Vilyarreal"dagi faoliyati bilan tanilgan 30 yoshli futbolchi frantsuz grandi safiga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shilgan va 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 13-raqamni tanladi.
Ma’lumot uchun, Bakambuning so‘nggi jamoasi Xitoyning "Beyjin Guan" jamoasi bo‘lgan. Unga "Barselona" ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar