
Bu haqiqatga yaqinroq versiya!
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoi 2-turda Misrga mag‘lub bo‘lgach, guruhda qolib ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Ko‘pchilik tomonidan Olimpiya terma jamoasiga taklif etilgan 3 nafar tajribali futbolchi o‘zini oqlamagani haqida fikrlar bildirildi.
Kecha Oston O‘runovni jarohati bois 3-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, degan xabar chiqqandi. Biroz oldin, aniqrog‘i uchrashuv boshlanishiga kam vaqt qolgan bir paytda Husniddin Aliqulov ham termamizga yordam bera olmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.
Shu sababli, Behruz Asqarov va Asadbek Rahimjonovni qaydnomaga kiritish yuzasidan tashkiliy qo‘mitaga yuborilgan so‘rov qabul qilindi. Endilikda mazkur futbolchilar bugungi o‘yinda ro‘yxatdan o‘rin egallaydilar.
O‘FAning ma’lum qilishicha, Aliqulov hamda Oston O‘runovda jarohat bor. Biroq Aliqulovda jarohat borligi o‘yinga kam vaqt qolganda e’lon qilindi?
Menimcha, Temur Kapadze so‘nggi turda o‘zining "qorako‘zlariga" imkon bermoqchi va qisman o‘sha liderlarsiz ham natija qila olardik, degan taassurotni futbol ommasida qoldirmoqchi.
Balki Oston va Husniddinda rostan ham jarohat bordir, ammo tepadagi fikrim ham bir versiya. Buni qarangki, Eldor Shomurodov ham ushbu bellashuvda zaxirada qoldirildi. Menimcha, haqiqatga yaqinroq versiya ham aynan shu.
Karim Xudayqulov
Fikrlar