Bu hujumchi "Barsa" uchun ideal nomzod

  • 13.11.2021 14:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" hujumchisi Antoni o‘z o‘yini bilan Evropaning bir qator grand klublari e’tiborini tortmoqda. Ayni damda "Barselona" unga qiziqayotgan jamoalardan biri hisoblanadi. 

Kataloniyaliklar oldingi chizig‘ida hujumchilar etishmasligi muammosi mavjud. Rahbariyatning fikricha, braziliyalik iqtidor egasi hujumni kuchaytirish uchun ideal nomzod sanaladi. 

"Ko‘k-anorranglilar" uni qo‘lga kiritish uchun raqiblardan o‘zib ketishga urinmoqda. Amsterdam klubi esa uning narxini 60 million evro etib belgiladi. 

Ma’lumot uchun, 21 yoshli hujumchi bu mavsum 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!