Bu hujumchi hech qachon “Yuve”da o‘ynamaydi!

  • 10 iyun, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Torino” hujumchisi Andrea Belotti hech qachon Turinning ikkinchi klubi “Yuventus”ga o‘tmaydi. Bu haqda “Torino” prezidenti Urbano Kayro qat’iy qarorini e’lon qildi.

Tecno

- Belotti “Yuventus”ga o‘tadimi? Men hech qachon bu borada “Yuventus” vakillari bilan gaplashmaganman. Lekin menga bu transfer haqida murojaat qilishsa ham, tirik ekanman Belottini ularga bermay. “Yuventus”. Men hazillashayotganim yo‘q, - dedi Urbano Kayro.

Ta’kidlash joizki, “Torino” to‘purariga A Seriyaning qator klublari xaridor bo‘lmoqda. “Yuventus”dan tashqari Belottini “Roma”, “Napoli”, “Latsio” va “Inter” o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!