
Bu ish faqat uch kishining qo‘lidan keladi
Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlari to‘purarlar uchun rekord natijani qayd etish imkonini berdi.
Gap shundaki, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski, “Inter” to‘purari Romelu Lukaku milliy chempionatlarda navbatdagi golini urdi.
Shu tariqa, Levandovskining Bundesligadagi gollari soni 15 taga etgan bo‘lsa, Lukaku 10 ta gol bilan “Yuventus” yulduzi Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Aynan shu uch futbolchi Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida uzluksiz to‘qqiz mavsumdan beri 10ta va undan ko‘p gol urmoqda.
Fikrlar