
Bu ish so‘nggi bor 30 yil oldin sodir bo‘lgan edi
“Roma” kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida “Ayaks” bilan durang o‘ynadi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, aynan rimliklar musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi ushbu bosqichda “bo‘rilar”ga “Manchester Yunayted” raqiblik qiladi.
“Roma” so‘nggi bor ushbu musobaqaning yarim finaliga 1991 yilda chiqqan edi. 30 yil oldingi yarim finalda “Roma” muvaffaqiyatli ishtirok etgan va finalga yo‘llanma olgan. Biroq, hal qiluvchi o‘yinda “Inter”ga imkoniyat boy berilgan.
"Manchester Yunayted" - "Roma" juftligining dastlabki o‘yini 29 aprel kuni Angliyada, javob o‘yini 6 may kuni Italiyada bo‘ladi. Musobaqaning final bahsi esa 26 may sanasiga rejalashtirilgan.
Fikrlar