Bu ishni Benzemaning o‘zi hal qiladi

  • 3 fevral, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" bilan shartnomani uzaytirish yoki uzaytirmaslik to‘g‘risida Karim Benzemaning o‘zi qaror qabul qiladi.

El Partidazo de COPE nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchi klub rahbariyatidan bu borada taklif kutishi shart emas. Boisi Benzema 2022 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, agar xohlasa, unga shartnomani avtomatik ravishda bir mavsumga uzaytirish huquqi berilgan. Karimning amaldagi shartnomasi esa 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Benzema joriy mavsum "Real" safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!